Sport

Shaxmat olimpiadasi. To‘rtinchi turda O‘zbekistonning asosiy terma jamoasiga turkiyalik shaxmatchilar raqib bo‘ladi

Shaxmat olimpiadasi. To‘rtinchi turda O‘zbekistonning asosiy terma jamoasiga turkiyalik shaxmatchilar raqib bo‘ladi

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur juftliklari aniqlandi. O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan uchta erkaklar va uchta ayollar jamoasi navbatdagi turdagi raqiblarini bilib oldi. Mezbon sifatida O‘zbekiston olimpiadada 3 ta terma jamoa bilan ishtirok etmoqda.

**O‘zbekistonning 1-jamoasi**

Erkaklar bahsida O‘zbekistonning 1-jamoasi Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Nodirbek Abdusattov — Yag‘iz Kaan Erdog‘mus

Javohir Sindorov — Ediz Gyurel

Nodirbek Yoqubboyev — Vahap Shanal

Shamsiddin Vohidov — Emre Jan

Ayollar bahsida O‘zbekistonning 1-jamoasi Argentina vakilalariga qarshi dona suradi.

Afruza Hamdamova — Kanbela be Fransisko Gueemkaburu

Gulruhbegim Tohirjonova — Mariya Xose Kampos

Umida Omonova — Anapaola Borda Rodas

Guldona Karimova — Ernestina Adam

**O‘zbekistonning 2-jamoasi**

Erkaklar bahsida O‘zbekistonning 2-jamoasi Yangi Zelandiya terma jamoasi bilan uchrashadi.

Feliks Sye — Abdimalik Abdisalimov

Sravan Rendjit — Muhammadzohid Suyarov

Tom Middelberg — Ortiq Nig‘matov

Datszi Mao — Humoyun Begmuratov

Ayollar bahsida O‘zbekistonning 2-jamoasi Qirg‘iziston vakilalariga qarshi o‘ynaydi.

Nilufar Yoqubboyeva — Nuray Sovetbekova

Marjona Malikova — Begimoy Zoyirbek qizi

Asal Salimova — Ayzhan Sezdbekova

Mumtozbegim Mansurova — Aymachoq Junusbekova

**O‘zbekistonning 3-jamoasi**

Erkaklar bahsida O‘zbekistonning 3-jamoasi Yaman terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Saidakbar Saydaliyev — Bashir Al-Qudaymi

Almas Rahmatullayev — Zendan Al-Zindani

Muhammadali Abdurahmonov — Abdulloh Solih Ahmad Abdu

Asrorjon Omonov — Ayman Al-Halila

Ayollar bahsida O‘zbekistonning 3-jamoasi Kuba vakilalariga qarshi o‘ynaydi.

Maritza Arribas Robayina — Zilola Aktamova

Yerisbel Miranda Llanes — Maftuna Bobomurodova

Yaniela Forgas Moreno — Shohina Ahmedova

Eneymis Ernandes Xil — Barchinoy Shokirjonova

3-turdan keyin yuz foizlik natija qayd etgan O‘zbekistonning birinchi raqamli terma jamoasi turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, yuz foizlik ko‘rsatkichni saqlab kelayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 5-pog‘onani egallagan.

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa qatnashadi: erkaklar guruhida 208 ta, ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 28-sentyabrga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.