Sport

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 4-turda ham zafar quchdi

**Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 4-turda ham zafar quchdi**

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 4-tur bellashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoalar bu turda ham qiziqarli va murosasiz partiyalar o‘tkazdi.

**Erkaklar o‘rtasidagi bahslar**

**O‘zbekiston-1 — Turkiya: 2,5:1,5**

O‘zbekistonning asosiy jamoasi to‘rtinchi turda Turkiya vakillarini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev o‘z partiyasida Vahap Sanalni yengib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Nodirbek Abdusattov 0,5:0,5 Kaan Yagiz Erdog‘mus

Javohir Sindorov 0,5:0,5 Ediz Gyurel

Nodirbek Yoqubboyev 1:0 Vahap Sanal

Shamsiddin Vohidov 0,5:0,5 Emre Jan

**Ayollar o‘rtasidagi bahslar**

**O‘zbekiston-1 — Argentina: 3:1**

Ayollar bahslarida O‘zbekistonning asosiy jamoasi Argentina terma jamoasini mag‘lub etdi. Umida Omonova va Gulruhbegim Tohirjonova partiyalarini g‘alaba bilan yakunladi. Guldona Karimova hamda Afruza Hamdamova esa durang natija qayd etdi.

Afruza Hamdamova 0,5:0,5 Kanbela be Fransisko Gueemkaburu

Gulruhbegim Tohirjonova 1:0 Mariya Xose Kampos

Umida Omonova 1:0 Anapaola Borda Rodas

Guldona Karimova 0,5:0,5 Ernestina Adam

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa ishtirok etmoqda: erkaklar guruhida 208 ta, ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa bor. Musobaqa 28-sentyabrga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.