Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston ayollar jamoasi Sloveniyani mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston ayollar jamoasi Sloveniyani mag‘lub etdi
Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan ayollar jamoasi Sloveniya terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida ishonchli tarzda yengdi.
Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova va Guldona Karimova o‘z partiyalarida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nilufar Imomqo‘ziyeva raqibi bilan durang o‘ynab, jamoamizning umumiy g‘alabasini ta’minladi.
Afruza Hamdamova 1:0 Lara Unuk
Gulruhbegim Tohirjonova 1:0 Zara Urh
Guldona Karimova 1:0 Vesna Mihelich
Nilufar Imomqo‘ziyeva 0,5:0,5 Anja Beber
Mazkur g‘alabadan keyin O‘zbekiston ayollar terma jamoasi reytingda 9-o‘ringa ko‘tarildi. Ayni paytda Xitoy terma jamoasi 1-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Bibisora Assubayeva boshchiligidagi Qozog‘iston hamda Hindiston terma jamoalari joylashgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan turda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gruziyaga 0,5:3,5 hisobida yutqazib, kuchli o‘ntalikdan chiqib ketgandi.

