Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi

Ushbu hodisa sabab Xitoy va Nepalda 160 dan oshiq kishi halok bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpingga Tibet avtonom rayonining Shigadze shahar okrugida ro‘y bergan keng ko‘lamli ko‘chki va suv toshqinlari tufayli ko‘plab insonlarning hayotdan ko‘z yumgani, jarohatlangani hamda ulkan iqtisodiy zarar yetkazilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tilab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini niyat qildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga ham Tibet bilan chegaradosh hududlarda yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani, jarohatlangani va katta miqdordagi talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Ma’lumot o‘rnida, Nepal va Xitoyda sodir bo‘lgan ushbu toshqinlarda 160 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan, yuzlab insonlar esa bedarak yo‘qolgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.