Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi Faxriy mehmonlar xiyobonida ko‘chat o‘tqazdilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ko‘ksaroy qarorgohida joylashgan Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar.
Ushbu marosim ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini hamda davlatlararo do‘stlikni mustahkamlashga qat’iy intilishning ramzi ekanligi ta’kidlandi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan edilar.
O‘zbekiston rahbari ushbu samarali muzokaralar davlatlar o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘lganini qayd etdi.

