Shavkat Mirziyoyev Ovazadagi MDH mamlakatlari milliy taomlari festivaliga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistondagi «Avaza» milliy turistik zonasida boʻlib oʻtgan Milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi. Festivalda toʻqqizta mamlakat — Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandalik anʼanalari namoyish etildi. Oʻzbekiston stendida mehmonlar hududiy pishiriqlar, shirinliklar, quritilgan mevalar va non yopish anʼanalari bilan tanishdilar. Oshpazlar […]

Shavkat Mirziyoyev Avazada MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida boʻldi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistondagi «Avaza» milliy turistik zonasida boʻlib oʻtgan Milliy taomlar festivaliga tashrif buyurdi.
Festivalda toʻqqizta mamlakat — Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandalik anʼanalari namoyish etildi.
Oʻzbekiston stendida mehmonlar hududiy pishiriqlar, shirinliklar, quritilgan mevalar va non yopish anʼanalari bilan tanishdilar. Oshpazlar somsa, Xorazm taomlari — shivit oshi va tuxumbarak tayyorlanishini namoyish etdilar, shuningdek, oʻzbek palovi va milliy oshxonaning boshqa taomlarini taqdim etdilar.
Alohida ekspozitsiya xalq hunarmandchiligiga bagʻishlandi. Rishton, Buxoro, Margʻilon va Samarqand ustalari oʻz mahsulotlari va anʼanaviy texnikalarini namoyish etdilar.
Bayram dasturini milliy musiqa ijrochilarining chiqishlari toʻldirdi. Oʻzbekiston stendini koʻzdan kechirgandan soʻng, delegatsiyalar rahbarlari boshqa mamlakatlarning ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.

