Shavkat Mirziyoyev Laos prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston rahbari Boku shahrida Laos prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Laos prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Boku shahrida Laos prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Laos munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

