Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Koreya parlamenti rahbari bilan muzokara oʻtkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashdi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament monitoringini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya parlamenti rahbari bilan muzokara olib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 15-sentabr kuni mamlakat Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi alohida strategik sheriklikni mustahkamlashda ikki davlat parlamentlari muhim rol oʻynayotgani taʼkidlandi.

Hozirda parlamentlararo «doʻstlik guruhlari» faoliyat yuritmoqda, parlament delegatsiyalarining muntazam almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining tegishli qoʻmitalari oʻrtasida tajriba almashish amaliyoti ham yoʻlga qoʻyilgan.

Koreya Milliy Assambleyasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida Oʻzbekiston Oliy Majlisining har ikki palatasida «Elektron parlament» loyihasi amalga oshirilayotgani ham qayd etildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ustidan parlament monitoringini taʼminlash uchun alohida hamkorlik mexanizmini yaratish zarurligi qayd etildi. Bunda, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi kelishuvlarga eʼtibor qaratiladi.

Uchrashuv yakunida 2027-yilda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 35 yilligi munosabati bilan «parlament diplomatiyasi» yoʻnalishida bir qator tadbirlar oʻtkazishga kelishib olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.