Dunyo

Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga maktub yoʻlladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga maktub yoʻllab, uni Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga maktub yoʻlladi

Shavkat Mirziyoyev ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qatʼiyati, davlatchilik masʼuliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdigʻi ekanini taʼkidladi.

Hozirgi oʻta murakkab va tez oʻzgarayotgan vaziyatda Italiyaning milliy manfaatlarini qatʼiy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obroʻ-yeʼtibori hamda nufuzini yanada mustahkamlash yoʻlida Jorja Meloni olib borayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston yetakchisi Italiya hukumati rahbarining Oʻzbekistonga nisbatan doʻstona munosabati va ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy eʼtibori uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston tomoni Italiya bilan oʻrnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi taʼkidlandi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Maktub yakunida Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, doʻst Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.