Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

Davlat rahbari xalq osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari xalq osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun soha vakillariga minnatdorlik bildirdi.

«Oddiy insonlarning sizga ishonch bilan murojaat qilishi va bundan ko‘ngli taskin topishi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir», - deyiladi tabrikda.

Prezident joriy yilda mamlakat mahallalarining qariyb yarmida jinoyat sodir etilmaganini ta’kidladi. Bu ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati natijasi ekani qayd etildi.

Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalariga e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari ichki ishlar xodimlarini qonunga qat’iy rioya qilish, fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va xalq ishonchini mustahkamlashga chaqirdi.

Tabrikda soha faxriylarining xizmatlari ham alohida e’tirof etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.