Dunyo

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Davlat rahbari Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan chin dildan qutlab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga esa farovonlik va uzluksiz taraqqiyot tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish doirasida O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Irakliy Kobaxidze 1978-yil 25-sentyabrda Tbilisida tug‘ilgan (48 yoshda). 2024-yil 8-fevraldan — Gruziya bosh vaziri.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.