Shavkat Mirziyoyev FAOning oliy mukofoti — «Agricola» medali bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni FAO bosh direktori Tsyuy Dunʼyuy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida davlat rahbari tashkilotning oliy mukofoti — «Agricola» medali bilan taqdirlandi. Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi kelgusi hamkorlikni muhokama qildilar. Soʻnggi yillardagi hamkorlikdagi ishlarning natijalari qayd etildi. Hozirda 27 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda, shuningdek, yangi besh yillik sheriklik dasturi qabul qilingan. […]

Shavkat Mirziyoyev FAOning oliy mukofoti — «Agricola» medali bilan taqdirlandi
6 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev FAO bosh direktori Tsyuy Dunʼyuy bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralar doirasida davlat rahbari tashkilotning oliy mukofoti — «Agricola» medali bilan taqdirlandi.
Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini koʻrib chiqdilar. Soʻnggi yillardagi hamkorlikdagi ishlar sezilarli natijalar bergani taʼkidlandi. Hozirgi vaqtda 27 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda, shuningdek, yangi besh yillik sheriklik dasturi tasdiqlangan.
Oʻzbekiston ilk bor FAO Kengashining 2028–2029 yillardagi tarkibiga kirdi. Bundan tashqari, 7 oktyabr kuni Toshkentda dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Agroinnovatsion xabni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, sunʼiy intellektni joriy etish, iqlim moliyalashtirishi va mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
«Agricola» medalini Tsyuy Dunʼyuy Shavkat Mirziyoyevga uning oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi tashabbuslari va yutuqlari eʼtirofi ramzi sifatida topshirdi. FAO mukofoti 1977 yilda taʼsis etilgan boʻlib, ochlikka qarshi kurashish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qoʻshgan hissasi uchun beriladi.

