Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezidentlar nimalar haqida gaplashishdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
5 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chogʻida tomonlar doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashni koʻrib chiqdilar.
Hamkorlik ijobiy rivojlanayotgani taʼkidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda.
Bundan tashqari, prezidentlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faolligini alohida taʼkidladilar, mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar hamda boʻlajak ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

