Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xalqaro va

Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlikning sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yili Daniyaga O‘zbekistonning qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan ilk elchisi tayinlangan edi. Joriy yilda esa Daniya Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini tayinladi.

So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshgani ta’kidlandi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda tog‘-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti hamda boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zaro savdo hajmini yanada ko‘paytirish, Daniya investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga jalb etish zarurligi qayd etildi.

Ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ham alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.