Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev biznes hamjamiyatni Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi

“Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti”, – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni kasb bayrami bilan qutladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni damda Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Ushbu anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham qariyb 25 ming nafar tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 ming kishilik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil avval tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish an’anasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim topildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

“Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!” – dedi prezident.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 barobar oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Shavkat Mirziyoyev buni o‘zbekistonlik tadbirkorlar zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

“Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti”, – dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, so‘nggi besh yilda:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.