Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Oʻzbekiston – Armaniston koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

8-oktabr kuni Turkmanistonning Avaza shahrida o‘tayotgan tadbirlar doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.

O‘zaro savdo hajmi ortib borayotgani, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokidagi 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani aytildi. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm yo‘nalishlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.