Mahalliy

Sharbat qutisi ichidan narkotik moddalar topildi

Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurash sho‘’basi xodimlari tomonidan respublikamizda giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanuviga

Sharbat qutisidan 3,1 kgdan ortiq giyohvand moddalar topildi.

"Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari respublikada giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi tezkor qidiruv tadbirini o‘tkazdilar.

Joriy yilning 3-avgust kuni poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi avtomobil to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidagi bitta bolalar sharbati qutisi ichida taxminan 11 gramm og‘irlikdagi 20 o‘ram giyohvand moddalar borligi aniqlandi.

Ushbu narkojinoyatning ildiziga yetib borish maqsadida kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillarini jalb qilgan holda fuqaroning yashash xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirdi.

Natijada, bu yerda ham geroin, mefedron, marixuanna va boshqa turdagi jami 3,15 kg og‘irlikdagi an’anaviy va sintetik giyohvand moddalar saqlanayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor-qidiruv tadbiri davom ettirilib, ushbu giyohvand moddalarning asl egasi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.