Shanbada havo +32 darajagacha isiydi, yakshanbada harorat pasayib yomg‘ir yog‘adi
Shanba kuni O‘zbekistonda havo +30…+32 darajagacha isib, quruq bo‘ladi. Yakshanbadan esa sovuq va nam havo massasi kirib kelib, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Harorat +12…+17 darajagacha tushib, kuchli shamol va chang-to‘zonlar kutiladi.

Shanba kuni havo +32 darajagacha ko‘tariladi, yakshanbada esa sovib, yomg‘ir yog‘adi
Juma va shanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turishi kutilmoqda. Havo harorati asosan kunduzlari +25…+30 daraja, ayrim joylarda +32 darajagacha, kechalari esa +13…+18 daraja bo‘ladi, deya xabar bermoqda.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda 2−3-oktabr kunlari, Xorazm viloyati hamda Navoiy viloyatining shimolida 3-oktabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
4-oktabr, yakshanba kuni sovuq va nam havo massalari respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda u kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor. Farg‘ona vodiysida 4-oktabr kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida esa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli past.
Shimoli-g‘arbiy hududlarda kunduzgi harorat +12…+17 darajagacha tushadi, respublikaning qolgan hududlarida esa +20…+25 daraja atrofida bo‘lishi kuzatilib, keyin kunning ikkinchi yarmida pasayish boshlanadi.
3−4-oktabr kunlari respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zonlar bilan birga 20−22 m/s gacha yetishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida juma va shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kuni kunduzi +25…+27 daraja, shanba kuni +29…+31 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
4-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10−14 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18…+20 daraja, kunduzi +22…+24 daraja bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida +17…+19 darajagacha pasayadi.

