Sport

Shahriyor Mahkamov Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi

Oʻzbekiston sakkizinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi va turnir jadvalida Qozogʻistondan oʻzib ketdi.

Shahriyor Mahkamov Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi

Yaponiyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston baydarkachilari navbatdagi oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritish bilan musobaqani boshladi.

Shaxriyor Mahkamov erkaklar oʻrtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik bahsida marraga birinchi boʻlib yetib kelib, Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.

Shuningdek, baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Arina Tanatmisheva ham kumush medalga sazovor boʻldi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida ikkinchi boʻlib marrani kesib oʻtdi.

Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi vakillari Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi esa delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni qoʻshdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi turnirdagi oltin medallar sonini sakkiztaga yetkazdi va umumjamoa jadvalida Qozogʻistonni ortda qoldirib, toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.