Sport

Shahram G‘iyosov nega Shohjahon Ergashevga javob qaytarmasligini aytdi

Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashevning chaqiriqlariga nima sababdan javob bermasligini izohladi.

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov jurnalist Amirxon Umarovning "Markazda gaplashamiz" ko‘rsatuviga bergan intervyusida o‘ziga doimiy ravishda jang taklif qilayotgan raqibining chorlovlariga munosabati haqida gapirdi.

Dastur davomida boshlovchi, ism-shariflarni oshkor etmagan holda, bokschiga muntazam ravishda jang taklif qilayotgan hamkasbi haqida savol berdi va bu masalaga qachon nuqta qo‘yilishi bilan qiziqdi. Boks muxlislariga ma’lumki, bu holatda gap G‘iyosovning azaliy raqibi Shohjahon Ergashev haqida ketmoqda.

"Men nuqta qo‘ymayman, barchasiga hayotning o‘zi nuqta qo‘yadi. Biz emas, bizning qilayotgan ishimiz, bosib o‘tayotgan yo‘limiz so‘zlashi kerak. Bizni kuzatayotgan insonlar gapirsin. Kim 'vizov' tashlaydi, kim yomon yoki yaxshi gapiradi — menga umuman farqi yo‘q. Ortimdan otilgan toshlarga qaramayman, mening bitta maqsadim bor va faqat oldinga boraman", — dedi G‘iyosov.

Shuningdek, suhbat davomida boshlovchining "Sizning bu pozitsiyangizni raqibingiz qachon tushunib yetadi, deb o‘ylaysiz?" degan savoliga G‘iyosov keskin javob qaytardi:

"Tushunmaydiganlar hayotda ham tushunmaydi. Tushunchasi past insonlar buni hech qachon tushunmaydi", — deya ta’kidladi charm qo‘lqop ustasi.

Ma’lumot uchun, professional boksning birinchi yarim o‘rta (super yengil) vazn toifasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik bokschilar — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev o‘rtasidagi ziddiyat ko‘p yillardan buyon davom etib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor tortishuvlar kuzatilgan bo‘lsa-da, hozircha ular professional boksda to‘qnash kelmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.