Mahalliy

Seysmik xavfsizlikka oid qonunga oʻzgartishlar kiritildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining binolar seysmik xavfsizligini nazorat qilish, elektron texnik pasportlarni shakllantirish va zilzilabardoshlikni oshirish boʻyicha vakolatlari belgilandi. Shuningdek, shaharsozlik hujjatlari tarkibiga master-reja kiritilmoqda.

Seysmik xavfsizlikka doir qonunga oʻzgartirishlar kiritildi

«Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mazkur inspeksiya qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi normativ hujjatlar talablariga mosligini nazorat qiladi.

Inspeksiya elektron texnik pasportlar asosida binolarni seysmik zaifligi boʻyicha tasniflash, ularni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilabardoshligini oshirish ishlarida qatnashadi.

Seysmik faol hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan va inspeksiya nazoratiga kiruvchi barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp qavatli turarjoylar uchun elektron texnik pasportlarni shakllantirish ham uning vakolatiga kiradi. Ushbu pasportlarda binolarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur maʼlumotlar jamlanadi.

Bundan tashqari, inspeksiya yangi qurilayotgan binolarning zilzilabardoshligini taʼminlash va mavjud bino-inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralarni koʻradi.

Master-reja shaharsozlik hujjati sifatida belgilanmoqda

Oʻzgartishlarga koʻra, master-reja ham shaharsozlik hujjatlari tarkibiga kiritilmoqda.

Master-reja hududlardagi aniq muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini birlashtirgan hujjat sifatida taʼriflangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.