Mahalliy

Sergelida tadbirkorlar elektrsiz qoldi. HET buni quruvchi ishlarni oxirigacha yetkazmagani bilan izohlayapti

Sergelidagi yer usti metrosi ostidagi doʻkonlarda ish boshlagan tadbirkorlar elektr energiyasidagi uzilishlardan aziyat chekyapti. Ular ishlar toʻxtab qolgani sabab ijara pulini toʻlashda qiyinchilikka duch kelishayotganini taʼkidlashyapti. «Hududiy elektr tarmoqlari»ning Kun.uz'ga maʼlum qilishicha, taʼminotdagi uzilishlar quruvchi tashkilotning ishlarni toʻliq yakunlamagani bilan bogʻliq.

Sergelida tadbirkorlar elektr ta’minotisiz qoldi. HET bunga quruvchi ishlarni yakuniga yetkazmagani sabab bo‘lganini aytmoqda

Toshkentda bir qator tadbirkorlar elektr uzilishlaridan zarar ko‘ryapti. Kun.uz’ga murojaat qilganlarning aytishicha, ular Sergeli va Yangihayot bekatlari oralig‘idagi yer usti metro yo‘li ostida qurilgan yangi binolarda faoliyat boshlagan. Biroq qariyb ikki oydan beri elektr bilan bog‘liq muammo hal etilmayapti.

«Metro ostidagi binoni ijaraga olganmiz. Bu yerda «svet» muammo bo‘lyapti. Qariyb 2 oydan beri uzilishlar tugagani yo‘q. Sergeli hokimiyatidan odamlar kelib, bir haftada muammoni hal qilib berishadi, deb ketishgandi. Bir oydan oshib ketdi, lekin hech qanaqa o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Yo‘q narsaga, sharoitga ijara puli to‘layapmiz. Yana hojatxona muammosi ham bor», deydi tadbirkor.

Yana bir murojaatchi kechqurun odamlar ko‘chaga chiqqanda ishlay olmasliklarini, do‘konlar ichi qorong‘i bo‘lib qolayotganini aytib shikoyat qildi.

«Bu yerda do‘konlar ko‘p. Hamma kvadrat metriga qarab ijara puli to‘laydi. Shaxsan men 500 dollar to‘lashim kerak. Hozirgi kunda «svet» yo‘qligi uchun shu pulni qayerdan olsam ekan, deb o‘tiribman. Amaliy yordam ko‘rsatsangiz juda ham xursand bo‘lardik», deydi tadbirkor.

«Qurilish firmasi do‘konlarni qurayotganda vaqtincha ularga elektr energiyasi berib turilgan. Bunda ta’minot faqat qurilish ishlari uchun amalga oshirilgan. Obyektlar bitganidan keyin quruvchi ularni bizga tayyor holda topshirishi kerak. Ya’ni quruvchi qancha elektr ta’minoti kerakligini aniqlashtirib, infrastrukturani yaratib berishi kerak. Shu ish qilinmagan. Aholiga ajratilayotgan elektr energiyasidan ularga bera olmaymiz, tizim ortiqcha bosimni ko‘tarmaydi. Simlarni qanday va qayerdan ulash muammosi ham bor. Bularning hammasini qurilish firmasi bilan gaplashishimiz kerak», deyiladi rasmiy izohda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.