Dunyo

"Seni oʻldiraman, hech kim topmaydi". Rossiyada oʻzbekistonlik erkak ayollarni qullikka yollashda gumonlanmoqda

"Seni oʻldiraman, hech kim topmaydi". Rossiyada asli oʻzbekistonlik erkak ayollarni qullikka yollashda gumonlanmoqda

Rossiyaning Surgut shahrida ilgari farrosh boʻlib ishlagan, pakana boʻyli, asli oʻzbekistonlik erkak atrofida mojaro avj oldi. Erkak ishga joylashtirishda yordam berish niqobi ostida Markaziy Osiyolik muhojir ayollarni qullikka jalb qilish sxemasini tuzganlikda gumon qilinmoqda.

"Travli net" jamgʻarmasi koʻngillilari va Baza Telegram-kanalining daʼvo qilishicha, u bir necha yil davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa odamlarning suratlaridan foydalanib, ayollar bilan tanishib kelgan boʻlishi mumkin. U oʻzini migratsiya xizmati xodimi sifatida tanishtirib, vatandosh ayollarga rasmiy ish va uy-joy vaʼda qilgan. Ammo Rossiyaga kelganlaridan keyin qurbonlarning hujjatlari olib qoʻyilib, ular amalda ozodlikdan mahrum etilgan.

Jabrlanuvchilardan biri Samarqandda tugʻilgan 36 yoshli ayol boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra, u Surgutga hali 2016 yilda, internetdagi tanishiga ishonib kelgan. Oqibatda erkak uni kvartiraga qamab qoʻygan, pasportini olib qoʻygan va farroshlik qilib topgan barcha maoshini oʻzlashtirgan. Bir necha yil davomida u ayolni qoʻrquvda ushlab turgan, intim suratlari bilan shantaj qilgan va doimiy ravishda oʻldirish bilan tahdid qilgan. Ayolning aytishicha, xavfli kimsa doimo yostigʻi tagida pichoq saqlagan va ochiqchasiga shunday degan:

"Seni hozir oʻldiraman, seni hech kim topmaydi. Men Rossiya fuqarosiman, menga hech narsa qilisholmaydi".

Qochishga boʻlgan urinishlardan biri u uchun derazadan sakraganidan keyin qoʻli sinishi bilan yakunlangan.

Ayol Surgutdan faqat ikki yil avval ketishga muvaffaq boʻldi — unga keyinchalik eriga aylangan va uni Tyumenga koʻchirib oʻtkazgan hamkasbi yordam berdi. Ammo shundan keyin ham shantaj va tovlamachilik toʻxtamadi, hatto tovlamachiga 1,7 ming dollar toʻlangani ham yordam bermadi.

Jabrlanuvchining eri shantajchini javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda, biroq Rossiya politsiyasi hozircha arizaga yoʻl bermadi. Idoradagilar mojaroning barcha ishtirokchilari soʻroq qilinganini va ayolning soʻzlari oʻz tasdigʻini topmaganini maʼlum qilib, u ilgari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmagani, shu sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilganini qoʻshimcha qildi.

"Politsiya xodimlari tomonidan hodisaning barcha ishtirokchilari soʻroq qilindi. Qiz eʼlon qilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmadi", – deb xabar berdi politsiya.

Eʼtiborlisi, erkakning oʻzi huquq-tartibotchilar tomonidan soʻroq qilinayotganda ayolga haqiqatan ham tahdid qilganini va uning yalangʻoch suratlarini tarmoqqa joylashtirganini tan olgan. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari uning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibini koʻrmadilar va jabrlanuvchi tomonidan oʻz vaqtida ariza berilmaganini roʻkach qilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etdilar.

, shuningdek, iyul oyida Oʻzbekiston Migratsiya agentligining Moskvadagi vakolatxonasi yuzlab mehnat muhojirlariga ijtimoiy, huquqiy va amaliy yordam koʻrsatgani maʼlum boʻldi. Vatandoshlarga vatanga qaytish, ish haqini undirish, hujjatlarni olish yoki yangi ish topishda yordam berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.