Scopus'da h-indeksi eng yuqori bo‘lgan O‘zbekiston olimlari ro‘yxati e’lon qilindi
Qayd etilishicha, 2024-yilda vafot etgan akademik Behzod Yuldashevning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda davom etmoqda.

Scopus ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning eng yuqori h-indeksiga ega olimlari ro'yxati e'lon qilindi. Bu haqda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi xabar berdi.
h-indeks olimning ilmiy faoliyati samaradorligini va uning ishlariga qancha havolalar berilganini ko'rsatuvchi mezon hisoblanadi.
Eng yuqori o'ntalikdan quyidagi olimlar joy oldi:
1. Behzod Yuldashev (marhum) - 329 ta maqola | 7 177 iqtibos | h-indeks 56
2. Dilfuza Egamberdiyeva - 214 ta maqola | 11 954 iqtibos | h-indeks 55
3. Bobomurat Ahmedov - 283 ta maqola | 9 419 iqtibos | h-indeks 54
4. Ahmadjon Abdujabbarov - 241 ta maqola | 7 748 iqtibos | h-indeks 51
5. Farrux Atamurotov - 301 ta maqola | 6 295 iqtibos | h-indeks 42
6. Dilshat Tulyaganov - 155 ta maqola | 4 940 iqtibos | h-indeks 41
7. Valentin Popov - 395 ta maqola | 8 591 iqtibos | h-indeks 38
8. Elyor Berdimurod - 372 ta maqola | 4 470 iqtibos | h-indeks 38
9. Javlon Rayimbayev - 298 ta maqola | 4 483 iqtibos | h-indeks 36
10. Elvir Ahmetshin - 202 ta maqola | 3 588 iqtibos | h-indeks 35
Ta'kidlanishicha, ro'yxatda birinchi o'rinda turgan akademik Behzod Yuldashev 2024-yilda vafot etgan bo'lishiga qaramay, uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda davom etmoqda.
Ushbu ro'yxat Scopus ma'lumotlari asosida SciVal platformasida 2021–2026-yillar davri bo'yicha 20-avgust holatiga ko'ra tuzilgan.

