Dunyo

Saylov tugadi: qanday xulosalar qilish mumkin?

Rossiyada parlament saylovi natijalar, hukmron partiya gʻalabasi va urush davridagi bunday saylov oʻtkazish Kremlga nega kerak boʻlganiga toʻxtalgandik. Bugun jarayondan qanday xulosa qilish mumkinligiga tahlil qilamiz.

Saylov yakunlandi: qanday xulosalar chiqarish mumkin?

Kreml uchun bu yil eng muhim masala davomat edi. Chunki Ukraina saylov kuni hujum qilishi mumkinligi kutilgan, urush davridagi norozilik kuchayishi ehtimoli bor edi va shu sabab saylovga ko‘pchilik kelmay qolishi varianti ham mavjud edi. Ammo bu safar davomat havas qilsa arzigulik darajada — 57 foizga yaqin bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda qariyb 63 million rossiyalik qatnashgan. Bu haqiqatan ham yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Saylovdan oldin hatto optimist ekspertlar ham davomat 50 foiz atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi. Shu bois Rossiya davlat nashrlari 57 foizlik davomatga alohida urg‘u bermoqda. Saylov natijalari qaysi foizda bo‘lishidan qat’i nazar, «Yedinaya Rossiya» foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas edi.

Shaxmat afsonasi va muxolifatchi Garri Kasparov bu yil Rossiya muxolifati «saylovda davomat yuqori bo‘lishi uchun qo‘lidan kelganini qilgani» haqida achchiq fikr bildirdi. Muxolifat aynan kimlarga ovoz berish, qaysi vaqtda ovoz berish, albatta ovoz berish bo‘yicha tavsiyalar e’lon qilib, davomatning oshishiga hissa qo‘shgani rost. Muxoliflar 20-sentabr kuni kunning ikkinchi yarmida ovoz berishga chaqirdi va aynan shu paytda katta shaharlardagi uchastkalar oldida navbatlar paydo bo‘ldi.

Bu yerda Kasparovni ham, muxolifatchilarni ham tushunish mumkin. Kasparov saylovga boykot qilishga chaqirib, Kremlni uyaltirishni istagandi. Kats va Navalnichilar esa qo‘l qovushtirib o‘tirishdan foyda yo‘q, biz hech narsa qilmasak ham baribir davomatni istaganlaricha yozishadi, degan fikr bilan qaysidir ma’noda qarshilik ko‘rsatishga urindi.

Rossiyalik urush tarafdorlari uchun o‘tkazilgan saylovlarning ahamiyati past edi, chunki qanday natija qayd etilishi deyarli aniq, hech qanday intriga yo‘q edi. Ammo urushga qarshi bo‘lgan rossiyaliklar saylovda o‘z pozitsiyasini qanday bildirish haqida uzoq o‘yladi, ular uchun bu bir imkon edi. Hozir Rossiyada urushni ochiqchasiga qoralab bo‘lmaydi, past ovozda bo‘lsa ham urushga qarshi chiqqan bitta partiya saylovga qo‘yilmadi.

Shu sabab saylovda qatnashgan urushga qarshi liberal qarashdagi rossiyaliklar juda ehtiyotkor harakat qilishdi. Saylovning oxirgi kuni uzun navbatlar hosil qilganlar aynan urushga qarshi, biroq buni baland ovozda aytishdan qo‘rqqan rossiyaliklar edi. Ular saylovdan o‘z pozitsiyasini qonunni buzmagan holda bildirish imkoniyati sifatida foydalandi. Muxolifat tavsiya qilgan vaqtda borib, ular tavsiya qilgan odamlarga ovoz berishdi, keyinchalik natijalar butunlay boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lsa ham.

Lekin Kreml xavotir olganidek isyon ham bo‘lmadi. Rossiyaliklar saylovda urushga qarshi ekanini oshkor bildirmadi, namoyishlar bo‘lmadi, saylovga boykot ham qilinmadi. Hammasi hanuz Kreml nazoratida ekani ayon bo‘ldi. O‘z navbatida, saylovda Kremlni yanada ruhlantiradigan hech narsa yuz bermadi. Xorijdagi yoki kuzatuvchilar o‘z ishini bajara olgan uchastkalarda «Yedinaya Rossiya» nomzodlari g‘olib bo‘lolmaganini ko‘rdik.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.