Savdo markazi oʻrnida yangi maydon barpo etish ishlari boshlandi
Yangi maydonga joy boʻshatish uchun Oksforddagi «Clarendon Centre» buzib tashlanadi.

Eski savdo markazini yangi ochiq osmon ostidagi maydonga aylantirish boʻyicha ishlar boshlandi.
Oksford shahar markazidagi Kornmarket koʻchasida joylashgan Klarendon markazi ilk bor 1984 yilda ochilgan edi, ammo soʻnggi yillarda koʻplab joylar boʻshab qolib, xarob ahvolga kelib qolgandi.
Goldmoney Properties developerlik kompaniyasining markazni buzib, oʻrnida yangi maydon barpo etish rejalari Oksford shahar kengashi tomonidan maʼqullandi.
Goldmoney Properties эгаси ва Clarendon Square асосчиси Рой Себаг бу ҳудуд "Oksforddagi kundalik hayotning bir qismiga" aylanishiga umid qilishini aytdi.
"Biz maydonni jonlantiradigan mahoratli hunarmandchilik, alohida peshlavhalar va biznes subʼyektlarini tanlashga katta eʼtibor qaratmoqdamiz", — deb tushuntirdi u.
"Mening niyatim — Oksfordning qoq markazida odamlar uchrashadigan, oʻtiradigan va shahardan zavqlanadigan goʻzal jamoat maydonini yaratishdir."
Loyiha yangi doʻkonlar, kafe va restoranlar, shuningdek, ofis maydonlari va yangi piyodalar yoʻlaklarini oʻz ichiga oladi.
Buzishga tayyorgarlik koʻrish uchun hozirda atrofi oʻrab olingan amaldagi Klarendon markazining Kuin-strit va Shu-leyn, shuningdek, Kornmarket koʻchalariga chiqadigan kirish joylari bor edi.
Yangi maydon boʻyicha takliflar 16 oktyabr kuni maʼqullandi, kengash aʼzosi Anna Raylton ushbu qurilishni "joʻda ham hayajonli" deb taʼrifladi.
"Uning oʻrtasida favvora, daraxtlar va oʻrindiqlar boʻladi, hammasi Jorj davri uslubida — bu juda qiziqarli va yoqimli", — dedi kengashning rejalashtirish boʻyicha rahbari Raylton.
U, shuningdek, savdo maydonlarini mahalliy mustaqil doʻkonlar bilan toʻldirish rejalarini mamnuniyat bilan kuti oldi.
"Oʻylaymanki, biz bu joyda shunchaki boshqa tarmoq doʻkonlarining nusxasini koʻrishni xohlamagan edik", — dedi u.
Maydon Oksford shahar markazida joylashadi.
Oksford biznes harakati guruhidan Bernadett Evans ham ushbu qarorni olqishlab, shunday dedi: "Ular u yerda mustaqil tadbirkorlikni rivojlantirishni xohlayotganidan mamnunmiz."
Ammo u yangi loyiha Oksfordning boshqa qismlaridan xaridorlar oqimini tortib olishi mumkin boʻlgan "xavf" borligini aytdi.
"Muayyan vaqt davomida u shaharning boshqa qismlaridan savdoni tortib olishi mumkinligi haqida xavotirlar, shubhasiz, bor", — dedi u va qoʻshimcha qildi: "Ammo bu shaharga qanday taʼsir qilishini yoki umuman taʼsir qiladimi-yoʻqmi, hali bilmaymiz, umid qilamizki, hammasi yaxshi boʻladi."
Klarendon maydoni 2028 yilda ochilishi kutilmoqda.

