Dunyo

Saudiyada husiylar hujumlari fonida beshta shaharda xavf haqida ogohlantirish berildi

Saudiya Arabistonida husiylar hujumlari fonida beshta shaharda xavf haqida ogohlantirish berildi

Saudiya Arabistonida Yamanning “Ansar Alloh” (husiylar) harakati hujumlari fonida Makka, Jidda, Toif, Yanbu va Tabuk shaharlariga ehtimoliy xavf haqida ogohlantirish berildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-sentyabr kuni bu hududlar aholisi o‘zi va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash uchun fuqaro muhofazasi ko‘rsatmalariga amal qilishga, gavjum joylardan uzoqroq yurishga hamda tasvirga va videoga olmaslikka chaqirilgan. Keyinchalik Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi yana bir bayonot berib, xavf ortda qolganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Saudiya boshchiligidagi Arab koalitsiyasi matbuot kotibi brigada generali Turkiy al-Malikiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida havo mudofaasi kuchlari husiylar tomonidan uchirilgan oltita ballistik raketani tutib olgani va yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Al-Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, Toif va Yanbu shaharlarini nishonga olgan hujumlar havo mudofaasi tizimlari tomonidan qaytarilgan. U koalitsiya husiylarning zarbalariga qat’iy javob berishini aytdi.

Yaman hukumat kuchlari hamda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar harakati o‘rtasida iyul oyida keskinlashgan jangovar harakatlar so‘nggi vaqtlarda yanada kuchaydi. O‘zlarining hujumga uchrayotganini da’vo qilayotgan husiylar Saudiya Arabistoni hududiga vaqti-vaqti bilan ballistik raketalar va dronlar bilan zarbalar berib kelmoqda.

Keskinlik kuchayishi fonida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon AQSH prezidentiga bire necha bor qo‘ng‘iroq qilib, undan yordam so‘radi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp husiylariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Ammo so‘nggi daqiqada bundan voz kechdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.