Mahalliy

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston: hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda

Har yili 23-sentyabr  Saudiya Arabistoni Podshohligining Milliy kuni sifatida nishonlanadi. Podshohlikda shu kuni xalq raqslari,

**Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston: hamkorlik yildan-yilga kengayib bormoqda**

Kecha, 23-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakat Milliy kuni munosabati bilan qabul marosimini tashkil etdi. Tadbirda davlat va jamoat arboblari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ham qatnashdi.

Avval ikki davlat madhiyalari yangradi. Marosimda Saudiya Arabistoni Podshohligining respublikamizdagi favqulodda va muxtor elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi. U, shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga to‘xtalib, bu hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Haqiqatan ham, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi va iqtisodiyotning ko‘plab strategik yo‘nalishlarini qamrab olmoqda. Saudiya Arabistoni tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2,8 milliard dollardan oshdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Saudiya kapitali ishtirokidagi 433 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal sur’atlarda o‘sib, yillik 178 million dollarni tashkil etmoqda.

Hamkorlikning eng yirik va strategik yo‘nalishi energetika hisoblanadi. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonning turli hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, “yashil” vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati milliardlab dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Ikki davlat sog‘liqni saqlash tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, tibbiyotga innovatsion yechimlarni joriy etish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan samarali foydalanish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. Shuningdek, shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar mavjud. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Saudiya Arabistonining Podshoh Saud universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.