Saudiya Arabistoni fuqarosi OpenAI ofisiga yashirincha yozib olish qurilmasini oʻrnatganlikda ayblandi
Prokurorlarning taʼkidlashicha, hojatxona qogʻoziga oʻralgan qurilma rahbariyat majlislari zalidagi televizorning orqa tomonidagi USB portga suqilgan holda topilgan.

Saudiyalik fuqaro OpenAI ofisiga yashirincha yozib olish qurilmasi oʻrnatgani uchun ayblandi
Federal prokurorlarning maʼlum qilishicha, Saudiya Arabistoni fuqarosi Kaliforniyadagi OpenAI ofisi ichiga yashirincha yozib olish qurilmasini joylashtirganlikda ayblanmoqda.
Sunʼiy intellekt kompaniyasida injener boʻlib ishlagan Abdulrahmon Alfozanga federal darajada ogʻzaki muloqotlarni tutib olish uchun elektron, mexanik yoki boshqa qurilmadan foydalanganlik yoki foydalanishga uringanlik aybi qoʻyildi.
OpenAI oʻzining San-Frantsiskodagi ofisida yashirilgan «murakkab yozib olish qurilmasi»ni topganini va FQBga xabar berganini aytdi. Kompaniya ushbu qurilma xodim tomonidan oʻrnatilganini aniqlash uchun oʻzining SI modellaridan foydalanganini bildirdi.
Prokurorlarning taʼkidlashicha, hojatxona qogʻoziga oʻralgan qurilma rahbariyat majlislari zalidagi televizorning orqa tomonidagi USB-portga suqilgan holda topilgan.
OpenAI hodisa davomida manba kodi, model vaznlari yoki mijozlar maʼlumotlariga noqonuniy kirilgani yoki oʻgʻirlangani boʻyicha hech qanday belgi yoʻqligini maʼlum qildi. Kompaniya ushbu xodim ishdan boʻshatilganini aytdi.

