Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taqiqlangan ish sohalari roʻyxati kengaytiriladi
Taqiqlangan sohalar roʻyxatiga chakana savdoni kiritish taklif qilinmoqda - migrantlar oziq-ovqat doʻkonlari va univermag, meva, goʻsht va baliq rastalari, nonvoyxonalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotish shoxobchalarida ishlay olmaydi.

Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taqiqlangan ish sohalari roʻyxati kengaytiriladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri maʼmuriyati patent asosida ishlaydigan migrantlar mehnati taqiqlanadigan sohalar roʻyxatini yana kengaytirishga tayyorlanmoqda.
Hujjatga koʻra, xorijliklar uchun allaqachon yopilgan taksi va kuryerlik xizmatlariga yana bir qator boshqa yoʻnalishlar qoʻshiladi.
Taqiqlangan sohalar roʻyxatiga chakana savdoni kiritish taklif etilmoqda — migrantlar oziq-ovqat doʻkonlari va univermaglarda, meva, goʻsht va baliq rastalarida, nonvoyxonalar hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan shoxobchalarda, shuningdek, fitnes markazlari, sport klublari, sanatoriylar, sanitariya-epidemiologiya xizmati va sud-tibbiy ekspertiza tashkilotlarida, sartaroshxona, goʻzallik va massaj salonlarida ishlay olmaydi.
Gap aynan patent asosida ishlaydiganlar uchun taqiq haqida ketmoqda. Bu hujjat chet el fuqarosining Rossiyaning muayyan hududida ishlash huquqini tasdiqlaydi.
Cheklovlar YEOII mamlakatlari — Belarus, Qozogʻiston, Armaniston va Qirgʻiziston fuqarolariga tatbiq etilmaydi. Ushbu davlatlar fuqarolariga Rossiyada ishga joylashish uchun patent yoki ishlash ruxsatnomasi talab qilinmaydi. Ular belgilangan kvota boʻyicha ishlash ruxsatnomasini oladi.

