Sanjar Karimov («Real Sanjik») sud zalidan ozod etilmagan – Toshkent shahar sudlari
Ijtimoiy tarmoqlarda 2026 yil may oyida firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilib,

Sanjar Karimov («Real Sanjik») sud zalidan ozod etilmagan — Toshkent shahar sudlari
Ijtimoiy tarmoqlarda 2026 yil may oyida firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Sanjar Karimovning sud zalidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati bu xabarlar «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni bildirdi.
«Unga doir jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda. Jarayon hali yakuniga yetgani yo‘q. Navbatdagi sud majlisi joriy yilning 7-oktyabr kuniga belgilangan», — deyiladi rasmiy ma’lumotda.

