Samarqandning tog‘li hududida portlash yuz berdi (video)

Samarqandning tog‘li hududida portlash yuz berdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida katta portlash sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Aniqlanishicha, portlash Nurobod tumani “Tepaqul” MFY hududida emas, balki Samarqand shahridagi Go‘ro‘g‘li ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan SAM NURAFSHON GROUP MCHJ tomonidan aholi yashash hududlariga yaqin bo‘lgan tog‘li hududda amalga oshirilgan.
Ushbu portlatish ishlari mahalliy aholining keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan. Ayni paytda holat bo‘yicha tegishli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Biznes-ombudsmanning tegishli javob xatiga asosan, vaziyatni belgilangan tartibda tekshirish uchun zarur hujjatlar taqdim etilgan.
Davlat inspektorlari amaldagi qonunchilik talablari asosida kerakli hujjatlarni o‘rganmoqda. O‘rganishlar yakunlangach, holatga huquqiy baho berilib, natijalari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirildi.
15-aprel kuni Samarqand tumanidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida ham portlatish ishlari amalga oshirilgan edi. Turizm qo‘mitasi portlatish ishlari aholiga oldindan ogohlantirish berilgan holda, aniq vaqt belgilanib bajarilishi kerakligi yuzasidan mas’ullarga munosabat bildirgandi.

