Mahalliy

Samarqanddagi “Tallig‘ulontepa” arxeologiya yodgorligiga 6,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Tallig‘ulontepa” arxeologiya yodgorligiga og‘ir texnika yordamida zarar yetkazilgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, moddiy zarar 6 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Samarqanddagi “Tallig‘ulontepa” arxeologiya yodgorligiga 6,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Tallig‘ulontepa” arxeologiya yodgorligiga og‘ir texnika orqali zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yodgorlik buzilayotgani haqidagi xabarlar tarqalgach, Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tekshiruvlar jarayonida arxeologiya yodgorligining ayrim qismlariga og‘ir texnika bilan mexanik ta’sir ko‘rsatilgani va ular shikastlangani aniqlandi. Bundan tashqari, yodgorlik hududiga o‘rnatilgan muhofaza belgisi ham noma’lum shaxs tomonidan olib tashlangan.

Yodgorlikka yetkazilgan zarar miqdori Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida hisoblab chiqildi. Natijada moddiy zarar 6 mlrd 435 mln so‘m deb belgilandi.

Aniqlangan zarar yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, holatga huquqiy baho berish uchun zarur hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborildi.

“Tallig‘ulontepa” arxeologiya yodgorligi V−VI hamda X−XII asrlarga oid bo‘lib, tumanning “Sinchi” MFY hududida joylashgan. U Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. Yodgorlik Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan.

2025-yilda madaniy meros obyektlarida 71 ta noqonuniy holat aniqlanib, ular bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Shuningdek, 7 ta obyektga zarar yetkazilgani bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Hududlar kesimida zarar yetkazish bilan bog‘liq 64 ta holat qayd etilgan. Ularning 27 tasi Toshkent viloyati, 9 tasi Qashqadaryo, 7 tasi Samarqand, 7 tasi Toshkent shahri, 6 tasi Jizzax, 3 tasi Andijon, 3 tasi Surxondaryo, 1 tasi Farg‘ona va 1 tasi Namangan viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.