Samarqandda umraga yuborishni va’da qilib, 3 ming dollar talab qilgan turfirma rahbari ushlandi
Turistik firma rahbari Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Samarqandda fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 3 ming dollar so‘ragan turistik firma rahbari qo‘lga olindi
Samarqand shahrida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 3 ming dollar talab qilgan turistik firma rahbari ushlangan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 14-oktyabr kuni turistik firma rahbari umra tadbirlarini tashkil etish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lmasa-da, fuqarolarni ziyoratga yuborishni va’da qilgan. U xizmat evaziga 3 ming dollar so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri chog‘ida firma rahbari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Andijon va Farg‘onada fuqarolarni umraga yuborishni va’da qilgan shaxslar aniqlangan edi.

