Samarqandda «Umra» ziyoratini tashkil etib berish evaziga 3000 dollar olayotgan erkak qoʻlga olindi
Samarqandda tegishli vakolatga ega boʻlmagan erkak toʻrt nafar fuqaro uchun «Umra» ziyoratini tashkil etib berishni vaʼda qildi. Saudiya Arabistoniga safar uchun u 4800 dollar talab qilgan. Erkak 70 yoshda boʻlib, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan. U Samarqandda yashaydi, «Umra» ziyoratiga borishni istagan toʻrt kishi esa Oqdaryo tumanidan. DXX va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari erkakni 3000 dollar olayotgan vaqtida qoʻlga olishdi. Pullar daliliy ashyo sifatida olindi […]

Samarqandda «Umra» ziyoratini tashkil etib berish evaziga 3000 dollar olayotgan erkak qoʻlga olindi
Samarqandda bir erkak tegishli vakolatga ega boʻlmay turib, toʻrt nafar fuqaro uchun «Umra» ziyoratini tashkil etib berishni vaʼda qilgan. Saudiya Arabistoniga safar uchun u 4800 dollar soʻragan.
Erkak 70 yoshda boʻlib, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan. U Samarqandda istiqomat qiladi, «Umra» ziyoratiga bormoqchi boʻlgan toʻrt kishi esa Oqdaryo tumanidan.
DXX va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari erkakni 3000 dollar olayotgan vaqtida qoʻlga olishdi. Pullar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

