Samarqandda o‘tgan saylovda FIDEning yangi prezidenti saylandi
Saylov Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida o‘tayotgan FIDE Kongressida bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan saylovda FIDEning yangi prezidenti aniqlandi. Xabarga ko‘ra, qozog‘istonlik tadbirkor va moliyachi Timur Turlov Samarqandda o‘tayotgan FIDE Bosh assambleyasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Turlov FIDE tarixidagi sakkizinchi prezident bo‘ldi va tashkilotni boshqargan ilk qozog‘istonlik sifatida qayd etildi.
Prezidentlik uchun unga germaniyalik tadbirkorlar Vadim Rozenshteyn va Yan Xenrik Byuttner raqiblik qilgan. Besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand esa Turlov bilan birga prezident o‘rinbosarligiga nomzod sifatida saylovda ishtirok etgan.
Saylov Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida o‘tayotgan FIDE Kongressida bo‘lib o‘tdi.

