Samarqandda eski yuk mashinalarni “yoshartirgan” shaxs 3 yilga qamaldi

Samarqandda eski yuk mashinalarini "yoshartirgan" shaxs 3 yilga qamaldi
Samarqand viloyatida eski yuk mashinalarining ishlab chiqarilgan yilini Andijon yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidagi tanishlari orqali "yoshartirib" berishni va’da qilib, haydovchilarni aldagan shaxs 3 yilga qamaldi. "Daryo" sud hujjatlari bilan tanishdi.
Sud materiallariga ko‘ra, sudlanuvchi A.R. Jomboy tumanida ta’mirlash ishlarini bajarayotganida eski "GAZ-53" rusumli yuk mashinasi bor usta bilan tanishgan. Muloqot davomida usta ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan mashinalardan foydalanish cheklanayotganidan xavotir bildirgan. "Ha demay qaror kuchga kiradi, bularni haydab bo‘lmay qoladi. Xohlasangiz, qayta jihoz qilib, Andijondagi 'GAI' tanishim orqali yilini yangilab, qonuniy o‘zgartirish qilib beraman," degan u mashina egasiga.
Kutilmagan imkoniyatdan quvongan usta bu taklif haqida tanishi E.L.ga ham yetkazgan. 13-fevral kuni E.L. Samarqand shahridagi savdo markazi yonida A.R. bilan uchrashib, 1975-yilda ishlab chiqarilgan "GAZ-53" yuk mashinasining yilini yangilash uchun unga 5 million so‘m pul va "texpasport"ni bergan. A.R. barcha ishlar qonuniy amalga oshirilishini va hujjatni 10 kun ichida tayyorlab berishini aytgan.
Biroq oradan 10 kun o‘tgach, u turli bahonalar bilan "texpasport"ni qaytarishni kechiktirgan. Mart oyi boshlarida esa hujjat tayyor bo‘lganini aytib, uni egasiga bergan. "Texpasport"da 1975-yilda ishlab chiqarilgan "GAZ-53"ning yili 1988-yil qilib o‘zgartirilgan, shuningdek, "bortli yuk avtomobili" degan ma’lumot o‘rniga "o‘zi ag‘daruvchi" deb yozilgan. Ammo hujjatdagi o‘zgarishlar elektron bazaga kiritilmagan.
Mashina egasi "texpasport"ni Oqdaryo tumanidagi texnik ko‘rikka olib borganida, undagi ma’lumotlar elektron bazada mavjud emasligi va hujjat soxtaligi aniqlangan. A.R. shu usulda yana bir haydovchiga 1973-yilda ishlab chiqarilgan "ZIL-130" yuk mashinasining yilini yangilab, elektron bazaga kiritib berishni va’da qilgan. Buning uchun u haydovchidan 400 dollar — o‘sha vaqtda 4,8 million so‘m pul va mashina "texpasport"ini olgan.
A.R. jinoiy faoliyatini davom ettirib, yana bir "GAZ-53" yuk mashinasi egasini o‘zining aldovlariga ishontirgan. Biroq kelishilgan 9 million so‘m mablag‘ni belgilangan joyda olayotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, A.R. haydovchilarga o‘zini ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan shaxs sifatida tanishtirgan va "bu ish o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, pul xarajat qilish kerak," deb ularni ishontirgan.
"Aslida Andijonda hech qanday tanishim bo‘lmagan, hammasini o‘ylab topganman. Menga o‘sha paytda pul kerak edi, ularning ishonuvchanligi esa menga qo‘l kelishini bilganim uchun ularni aldaganman. Yanada ishontirish maqsadida 'texpasport'larni uyimda maxsus printerda chiqartirganman," deya ko‘rsatma bergan sudlanuvchi.
Sudda A.R. aybiga qisman iqror bo‘lib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, haydovchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini bildirib, yeng

