Layfstayl

Samarqandda DUBANYA premium rus hammomi ochildi

3-sentabr kuni Silk Road Samarkand xalqaro sayyohlik majmuasida Samarqanddagi premium rus hammomi — DUBANYA ochildi. Majmuada har biri 10 kishigacha bo‘lgan davralar uchun mo‘ljallangan ikkita xususiy — Karavan va Saray nomli hammom zonalari hamda Social Banya formati ko‘zda tutilgan.

Samarqandda DUBANYA premium rus hammomi ish boshladi

DUBANYA — premium segmentga mansub rus hammomi bo‘lib, u dam olish va chuqur qayta tiklanish uchun odatiy spa, hammom yoki jamoat hammomlari formatlaridan alohida toifani ifodalaydi.

DUBANYA brendi 2022-yilda Dubayda tashkil etilgan bo‘lib, Russian Emirates ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi ilk rus hammomi bo‘lgan. Faoliyati davomida hammomga ko‘plab mashhurlar, jumladan, BAA qirollik oilasi a’zolari, yetakchi sportchilar va xalqaro biznes hamjamiyati vakillari tashrif buyurgan. Bug‘lashning autentik an’analarini xalqaro servis standartlari bilan uyg‘unlashtirgan ushbu loyiha mahalliy aholi, ekspatlar va hammom madaniyatini qadrlovchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda brend O‘zbekiston bozoriga kirib kelar ekan, xizmat sifati hamda eng mayda tafsilotlargacha bo‘lgan e’tiborni saqlab qolmoqda.

Silk Road Samarkand’dagi DUBANYA ikkita mutlaqo alohida hammom hududi — Karavan va Sarayni o‘z ichiga oladi, ularni jamoa uchun ijaraga olish mumkin. Har biri 10 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zarurat tug‘ilganda 20 kishilik yagona majmuaga birlashtirilishi mumkin. Har bir hammomda bug‘xona, pichan to‘shalgan dam olish hududi, tog‘orali kontrast muolajalar joyi, qor generatori va quyma dush, shuningdek massaj kabineti mavjud. Bundan tashqari, mehmonlarga individual bug‘lash, skrab va massajlar kabi qo‘shimcha xizmatlar taklif etiladi — bu hammom dasturini har bir kishining talabi va xohishiga moslashtirish imkonini beradi.

DUBANYA — an’anaviy rus hammomining zamonaviy talqini: intererda tabiiy yog‘och va toshdan foydalanilgan, iliq mayin yorug‘lik va lo‘nda dizayn zamonaviy yechimlarni an’anaviy hammomning taniqli unsurlari bilan uyg‘unlashtirib, osoyishtalik va shinamlik muhitini yaratadi.

“Dubayda ilk DUBANYA’ni ochganimizda o‘z madaniyat kodimiz — g‘amxo‘rlik, ishonch va insoniy muloqotga asoslangan asrlik an’analarimizni ulashishni istagandik. DUBANYA’ning O‘zbekistondagi yangi sahifasida ham missiyamiz o‘zgarmay qoladi: asl hammom ruhiyatini saqlab, mahalliy kontekstni hurmat qilgan holda, yangi mintaqalar va auditoriyalarni rus hammomi madaniyati bilan tanishtirish. Biz uchun muvaffaqiyat rivojlanish bilangina emas, balki tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlari bilan olib ketadigan uyg‘unlik, yangilanish va ichki muvozanat hissi bilan ham o‘lchanadi. Hammom — bu issiqlik va buqqina emas, balki haqiqiy o‘zgarishlar marosimidir va aynan mana shu taassurotni biz har bir mehmonga ulashishga intilamiz”, — deya qayd etdi DUBANYA asoschisi Vladimir Grishenko.

Samarqand uchun DUBANYA har bir mehmonga individual yondashuv, mayda jihatlarga e’tibor va mahalliy bozor uchun yangi bo‘lgan hammomda dam olish shaklini birlashtiruvchi, diqqat markazida sifatli dam olish, sog‘lomlashtirish va uchrashuvlar makoni bo‘lish turadigan alohida madaniy toifa bo‘ladi.

Alohida hammom makonini ijaraga berishdan tashqari, DUBANYA Social Banya shaklini — an’anaviy kirish chiptasi orqali jamoat hammomiga kirishni ham taklif etadi. Erkaklar va ayollar hududlari ajratilgan bo‘lib, mehmonlar 3 soat davomida hammomdan boshqa tashrif buyuruvchilar bilan birgalikda foydalanishi mumkin. Bunday shaklda hammom o‘zining hamfikrlarni va rus bug‘lanish madaniyatini qadrlovchilarni bir maskanda birlashtiruvchi umumiy makon ko‘rinishidagi tarixiy rolini saqlab qoladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.