Samarqandda Bolalar kelajagi va farovonligi masalalari boʻyicha Butunjahon sammiti boʻlib oʻtadi

Samarqandda bolalar kelajagi va farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon sammiti boʻlib oʻtadi
2026 yil 21–22 oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va kelajagi masalalariga bagʻishlangan Butunjahon sammiti boʻlib oʻtadi.
Tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, shuningdek, bolalar va oʻsmirlar ishtirok etadi.
Dasturdan rasmiy ochilish marosimi, panel sessiyalari va ishtirokchilarning Oʻzbekiston ijtimoiy soha obʼyektlariga tashrifi oʻrin olgan. Muhokamaga bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy xizmatlarning qulayligi, bolalar salomatligi, erta rivojlanish va inklyuziv taʼlim masalalari olib chiqiladi.
Bundan tashqari, forum maydonchasida Bolalar onkologiyasi boʻyicha II Xalqaro kongress boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar oʻsib kelayotgan avlodni qoʻllab-quvvatlashning yanada samarali tizimini yaratish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish uchun xalqaro tajriba va ilgʻor yondashuvlarni birlashtirishni maqsad qilgan.

