Siyosat

Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Samarqand shahridagi banklardan biriga niqobli shaxs qora sumka ko‘targan holda kirib borgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan. So‘ngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan..

Samarqandda bankka bostirib kirgan shaxs qo‘lga olindi. Samarqand shahridagi banklardan biriga niqob taqqan va qora sumka ko‘targan shaxs kirib kelgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan va so‘ngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan.

Bu voqea 13 iyul kuni Samarqand shahridagi banklardan birida sodir bo‘lgan. Bankka qishki kiyimda, yuzini niqob bilan yashirgan va qora sumka ko‘targan shaxs kirib kelgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan va keyin oynalarni sindirib, pul talab qilgan.

Tashvishli xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib borgan. Ular niqobli shaxs bilan xavfsiz masofadan muloqot qilishgan. Muzokaralar natijasida bosqinchi o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan va qo‘lga olingan. Hodisa natijasida fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.