Samarqandda 3,3 milliard soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida yirik qonunbuzarlik holati qayd etildi. «A. B.» MCHJga tegishli «Qorasuv» mahallasidagi koʻp qavatli turar joy binosi xatlovdan oʻtkazilganda, obʼyekt taʼminotchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan va zarur loyiha hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulangani maʼlum boʻldi. […]

Samarqandda 3,3 milliard soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida yirik qonunbuzarlik holati qayd etildi.
«Qorasuv» mahallasida joylashgan, «A. B.» MCHJga tegishli koʻp qavatli turar joy binosini xatlovdan oʻtkazish jarayonida, obʼyekt taʼminotchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan va zarur loyiha hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulangani aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan dastlabki zarar 3 milliard 357 million soʻmga baholandi. Toʻplangan barcha hujjatlar keyingi choralarni koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

