Samarqand yoshlar diplomatiyasi tajribasi xalqaro parlament hamjamiyati eʼtiboriga havola qilindi
Parlamentlararo Ittifoqning 153-Assambleyasi doirasidagi Boshqaruv kengashi yigʻilishida Samarqand shahrida oʻtkazilgan Yosh parlamentariylarning XII global konferensiyasi natijalari taqdim etildi.

Samarqanddagi yoshlar diplomatiyasi tajribasi xalqaro parlament hamjamiyati diqqat markaziga olib chiqildi
Ellik mamlakatdan 150 nafarga yaqin parlamentariyni jamlagan ushbu xalqaro anjuman inson huquqlarini himoya qilish, yoshlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda zamonaviy tahdidlarga birgalikda yechim topish masalalarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lgani alohida qayd etildi.
Yig‘ilish chog‘ida Samarqand konferensiyasiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. Unda anjumanning muhim lahzalari va erishilgan natijalar aks ettirilib, O‘zbekistonning yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish borasidagi tajribasi xalqaro parlament hamjamiyati e’tiboriga havola qilindi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva Samarqandda ilgari surilgan g‘oyalar va qabul qilingan tavsiyalar amaliy natijalarga aylanishi zarurligini ta’kidlab, shu maqsadda konferensiyaning yakuniy hujjati e’lon qilingani va uning kelgusi ishlar uchun yo‘l xaritasi sifatida foydalanish muhimligini ma’lum qildi.

