Samarqand sammiti: bolalar saratoniga qarshi kurashish uchun mutaxassislar qanday oʻqitilmoqda
Vena tibbiyot universiteti vakili Milen Minkov «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: na» Butunjahon sammiti doirasida

Samarqand sammiti: bolalar saratoniga qarshi kurashish uchun mutaxassislar qanday tayyorlanmoqda
Vena tibbiyot universiteti vakili Milen Minkov Samarqandda oʻtkazilayotgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari» nomli Butunjahon sammiti davomida shifokorlar va hamshiralarga bevosita oʻz shifoxonalarida amaliy koʻnikmalarni egallash imkonini beruvchi tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash modeli haqida soʻzlab berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, oʻqitish ish joyida va tibbiyot xodimlarining tilida tashkil etilgan. Bunday format, ayniqsa, hamshiralar uchun juda muhim boʻlib, alohida mutaxassislarni emas, balki butun tibbiyot jamoasini tayyorlashga yordam beradi.
«Oʻqitish bevosita sizning shifoxonangizda amalga oshiriladi, treninglar esa sizning tilingizda oʻtkaziladi. Bu, ayniqsa, hamshiralar uchun muhimdir. Shifokorlar amaliy koʻnikmalarni oʻzlari oʻrgangan ish muhitida egallaydilar. boshqa mamlakatlarda oʻqishganda, ular koʻpincha kuzatuvchi rolini oʻynashadi. Bu yerda esa biz butun jamoani oʻqitamiz», — dedi Milen Minkov.

