Mahalliy

Salqinlik yana jazirama bilan almashadi

24–30-avgust kunlari Oʻzbekistonda issiqlik biroz chekinadi. Biroq hafta oxiriga borib harorat yana koʻtarilishi kutilmoqda. Bu sharoit qishloq xoʻjaligi uchun nisbatan yengillik bersa-da, janub va choʻl hududlarida jazirama hamda quruq havo taʼsiri saqlanib qoladi.

Salqinlik yana jazirama bilan almashadi

24-30-avgust kunlari Oʻzbekistonda havo harorati biroz pasayadi, biroq hafta oxiriga borib yana koʻtarilishi kutilmoqda. Bu holat qishloq xoʻjaligi uchun yengillik keltirsa-da, janubiy va choʻl hududlarida jazirama va quruq havo taʼsiri davom etadi.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida iqlimshunos Erkin Abdulahatov maʼlumot berdi.

**Qishloq xoʻjaligiga taʼsiri**

Haftaning birinchi yarmida kunduzi +35…+38 daraja, tunlari esa +17…+22 daraja harorat oʻsimliklar uchun oʻtgan haftaga nisbatan qulayroq sharoit yaratadi. Ammo Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro-Navoiy choʻllari va Qizilqumda +40 darajagacha issiqlik namlik tanqisligini kuchaytirishi mumkin. Shu sababli ekinlarni sugʻorish va tuproq namligini saqlashga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Kuchli shamol va chang-toʻzonlar tuproq namligining bugʻlanishini tezlashtirib, ekinlarga qoʻshimcha stress yuklashi mumkin. Hafta oxirida issiqlikning qayta kuchayishi sababli avgust oxirida ekinlarning suvga boʻlgan ehtiyoji yuqori boʻlib qoladi.

**Aholi salomatligiga taʼsiri**

Hafta boshi va oʻrtasida haroratning pasayishi insonlar uchun oʻtgan haftadagi kuchli issiqlikka nisbatan sezilarli yengillik beradi. Tungi +17…+22 daraja harorat organizmning ortiqcha issiqlik yukidan xalos boʻlishi uchun qulayroq sharoit yaratadi.

Biroq janubiy va choʻl hududlarida +40 darajagacha issiqlik saqlanib qolishi sababli kunning eng issiq paytlarida ochiq havoda uzoq qolish va ogʻir mehnat qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Hafta oxirida issiqlikning qayta kuchayishi bilan termik yuk ham ortadi.

Umuman olganda, hafta qishloq xoʻjaligi va aholi uchun nisbatan yengilroq boshlanadi, ammo avgust oxirida issiqlik hali chekinmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.