Mahalliy

Salkam 14 kg «opiy»ni sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Giyohvand modda Tojikistondan keltirilib, Jizzax viloyati hududiga yashirilgan.

Qariyb 14 kg opiy sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida, avvaldan kuzatuvga olingan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. U yerda 1983-yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan yana bir fuqaro borligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, mazkur 3 nafar shaxs qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi narkokurerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi yashirin joyga yashirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish va tarqatish orqali katta miqdordagi moddiy boylik orttirish bo‘yicha o‘zaro jinoiy til biriktirganliklari ma’lum bo‘ldi.

Natijada, tezkor tadbir davom ettirilib, yashirin joydan umumiy og‘irligi 13 kg 653 gr "opiy" moddasi topilib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.