Saida Mirziyoyeva: Ustozlarga yaxshiliklari yuz barobar qaytsin
Saida Mirziyoyeva 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarni tabrikladi. U Oʻzbekistonda oʻqituvchilarga koʻrsatiladigan alohida ehtiromni asrab, keyingi avlodlarga ham singdirish muhimligini taʼkidladi.

Saida Mirziyoyeva: Ustozlarga yaxshiliklari yuz barobar qaytsin
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalarni har kuni maktab ostonasida kutib olib, ularga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
«Bolalarni har kuni maktab ostonasida qarshi olib, ularga tafakkur qilishni, o‘ziga ishonishni, o‘zgalarni hurmat qilishni hamda Vatanni sevishni o‘rgatadigan insonlarga chin qalbimdan minnatdorlik bildirmoqchiman», - dedi u.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda ustozlarga doimo alohida ehtirom ko‘rsatilganini ta’kidladi.
«Ushbu qadriyatni asrab-avaylashimizni va keyingi avlodlarga ham singdirishimizni juda ham xohlayman», - deya qayd etdi u.
Tabrik so‘ngida Mirziyoyeva ustozlarga ezgu tilaklarini yo‘lladi:
«Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar. Shogirdlaringizga nimaiki yaxshilik qilgan va qilayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yuz barobar qaytsin».

