Siyosat

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dogʻan bilan uchrashdi

Oʻzbekiston va Turkiya oʻzaro manfaatli yangi tashabbuslarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dogʻan va Prezident Administratsiyasi bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashuvdan soʻng maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dogʻan bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dogʻan hamda Prezident Administratsiyasi bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Oʻzbekiston va Turkiyani oʻzaro bogʻlab turgan umumiy tarixi bor, tili, madaniyati, anʼanalari yaqin. Koʻp qirrali munosabatlarimiz aynan mana shunday mustahkam poydevor asosida izchil rivojlanib bormoqda.

Muloqot davomida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha navbatdagi amaliy qadamlarni muhokama qildik va har ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishib oldik», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.