Mahalliy

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida boʻlib, yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlashning ahamiyatini taʼkidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.

«Hozirgi kunda oliygohda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻn mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet maʼmuriy boshqaruv, oʻquv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual taʼlim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilgʻor innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga oʻz-oʻzidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noanʼanaviy gʻoyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.