Mahalliy

Saida Mirziyoyeva: Qoraqalpogʻistonga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi ortib bormoqda

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻiston Respublikasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi oshgani hamda yangi yirik loyihalar, jumladan, xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgani haqida maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva: Qoraqalpogʻistonga investitsiyalar ortib bormoqda

«Bu mamlakatimizga va biz biznes uchun yaratayotgan imkoniyatlarga boʻlgan jiddiy ishonchdan dalolat beradi», — maʼlum qildi Saida Mirziyoyeva.

U, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda yangi tibbiyot akademiyasi, qator korxonalar va intensiv bogʻlarda boʻlib, aholining ishlashi va daromadlarini oshirishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishganini taʼkidladi.

«Biz yanada oldinga harakat qilish niyatidamiz. Bundan-da koʻproq investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlar doirasini kengaytirish va yanada yirik miqyosdagi loyihalarni ishga tushirish niyatidamiz», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Prezidentning Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi va xorijiy hamkorlar ishtirokida qiymati 7 milliard dollarlik yana 47 ta loyiha qurilishi boshlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.