Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi. BlackRock ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda koʻmaklashmoqda.

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda dunyoning yirik investitsiya kompaniyasi BlackRock rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. BlackRock ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘mak bermoqda.
AQSH ishbilarmon doiralari vakillari qatnashgan qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari haqida fikr almashildi», deb yozdi Mirziyoyeva.
Uning aytishicha, O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.

